O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 5 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Qozon va Moskva shaharlarida bo`ladi, tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo`lib o`tadi.
Shuningdek, Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlar o`tkazilishi, qator ob`ektlarga tashrif buyurilishi rejalashtirilgan.






