AsosiySiyosat

Vazir o`rinbosari Qashqadaryo hokimiga o`rinbosar bo`ldi

'Vazir o`rinbosari Qashqadaryo hokimiga o`rinbosar bo`ldi'ning rasmi

Rustamov Olimxon Bakievich - Qashqadaryo viloyati hokimining o`rinbosari - viloyat investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. 

U 1966 yil Toshkent shahrida tug`ilgan. Toshkent xalq xo`jaligi instituti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.  

Tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vaziri o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar