1

Ulug`bek Qodirov eng katta kamchiligini tan oldi

Shou-biznes 26.10.2016, 15:25
Teglar: Shou-biznes, Erkak, Aktyor
Ulug`bek Qodirov eng katta kamchiligini tan oldi

Ulug`bek Qodirovni hech ikkilanmay, zamonaviy o`zbek kinosining eng yorqin yulduzi deyish mumkin. Ulug`bekning ijro etgan rollari bir-birini takrorlamaydi, u har qanday obrazni mahorat bilan o`ynaydi. “Bekajon” nashri aktyorning bugunga qadar bosib o`tgan yo`llari haqida yozdi.

Eng qimmat aktyor
Qodirov o`zbek kinosida eng ko`p gonorar to`lanadigan aktyorlardan biri sanaladi. Lekin kino uning yagona daromad oladigan manbai emas. Agar unga yangi rol taklif etishsa, ssenariyni o`qimasdan turib, rozilik bildirmaydi. Shuning uchun rejissyorlar uni talabchan va mas`uliyatli aktyor sifatida e`tirof etishadi. U o`zi gavdalantiradigan qahramonini etarli darajada maromiga etkazib o`ynay olishiga ko`zi etmasa, o`sha roldan voz kechib qo`yaqoladi. Partnyor tanlamaydi.

Kino sari ilk qadam
Qahramonimiz katta ijodiy qadamni teatr sahnasidan boshlagan. Institutning ikkinchi kursida o`qiyotganida ustozi O`zbekiston xalq artisti Turg`un Azizov O`zbek milliy akademik drama teatriga boshlab kelgan. Ammo bir necha yillardan so`ng, teatr va kinoni birga davom ettira olmasligini tushunib, teatrdan ketishni afzal bildi. Shuning uchun u teatr aktyori sifatida emas, kinoaktyor bo`lib shuhrat qozondi.

Aktyorlikdan xonandalikka
Qodirov aktyorlikdan tashqari, xonandalikka ham qo`l urgan. Bolaligidan estradaga qiziqishi yuqori bo`lganini ko`pchilik bilmasa kerak. Hattoki maktabda o`qib yurgan kezlari do`stlari bilan birga musiqiy guruh ham tashkil etgan. Hozirgi kunda u to`ylarda o`zining qo`shiqlari bilan ham xizmatda bo`ladi.

33 yoshli aktyorning eng katta orzusi
Aktyor o`z ijodi davomida hayotda qiyin vaziyatlarga tushib qolgan yigitlar obrazini ko`proq talqin qilgan. Aktyorning aytishicha, u ijro etgan qahramonlar - hayotiy qiyinchiliklar oldida taslim bo`lmagan, taqdir zarbasiga qaramay, yaxshi tomonga o`zgarishga intilgan kuchli personajlardir. Romeo monologini qoyil qilib o`qib, institutga kirishga muvaffaq bo`lgan. 33 yoshli aktyorning bugungi orzusi - yana teatrga qaytib, «Gamlet» rolini ijro etish.

U harbiy bo`lishi mumkin edi, agar...
Aktyorning ota-onasi o`g`lining harbiy bo`lishini orzu qilishgan. 15 yoshida ular Ulug`bekni Toshkentdagi Suvorov nomidagi harbiy bilim yurtiga o`qishga berishgan. Ammo Ulug`bekning sog`ligida yuzaga kelgan muammolar sabab, operasiyadan keyin o`qishni davom ettira olmagan. Shunda ota-onasi uni oddiy maktabga qaytarishga majbur bo`lishgan. Qodirov ota-onasi nega aynan harbiy sohada o`qishini istaganini quyidagicha izohlaydi: «Kino haqida bolaligimdan orzu qilganman. Jan-Klod Van Dam ijrosidagi filmlarni juda yoqtirardim. Oyimning aytishicha, uyda u ijro etgan jang sahnalarini muntazam takrorlab turgan ekanman. Shu bois, u kishi mashq qilayotganimni ko`rib, o`g`lim kelajakda harbiy bo`ladi, deb o`ylagan».

San`atga tasodifan kirib kelgan
Ulug`bek San`at va madaniyat institutiga o`qishga kirish haqida kutilmaganda qaror qiladi. Buni qarangki, omad va favqulodda iste`dod bilan u oliygohga davlat granti asosida qabul qilinadi. San`at sohasidan ancha yiroq bo`lgan insonlar emasmi, Ulug`bekning ota-onasi avvaliga bu gapga ishonishmaydi. O`z ko`zlari bilan borib ko`rishgach, yanada ajablanishadi. «Garchi san`atga tasodifan kirib kelgan bo`lsam-da, kino sohasiga bolaligimdan qiziqqanman. Esimda, yoshlik paytimda jangari filmlarda ishtirok etishni o`zimcha orzu qilardim. Gollivud aktyori Jan Klod Van Damning filmlarini berilib tomosha qilar, undagi jang sahnalarini takrorlardim», deb eslaydi qahramonimiz.

Uning eng katta kamchiligi...
Bolaligida akrobatika, jang san`atining barcha turlari: qo`l jangi, dzyudo, taekvondo, boks bilan shug`ullangan. Sportzalga qatnash uning uchun ayni paytda majburiy. Chunki sevimli aktyorimiz to`lishishga moyil. Eng katta kamchiligi deb, u shu jihatini tan oladi. Non va qovurilgan taomlarni iste`mol qilmaydi. Haftada olti kun parhez saqlashiga to`g`ri keladi. Orada bir kun ko`ngli tusagan narsani tanovul qiladi, xolos.

Ulug`bek oilasi haqida gapirishni yomon ko`radigan, oilaviy suratlarini ko`pchilikning e`tiboriga taqdim etishni o`ziga ep ko`rmaydigan aktyorlar sirasidan. Bu borada u shunday fikrda: «Oila - shaxsiy hudud, buni omma uchun muhokama mavzusi qilish ahmoqlik. Qolaversa, oilamga ko`z tegishini xohlamayman. Shukr, yonimda sevimli ayolim bor, u bilan baxtliman, bir qiz, bir o`g`ilning otasiman».

Shaxsiy hayoti va oilasi haqida
1983 yilning 3 avgustida Toshkentda, oddiy oilada tavallud topgan. Ulug`bekning onasi nashriyotda hisobchi, otasi esa neft-gaz sohasida faoliyat yuritgan. Oilada besh farzand bo`lib, ularning uchtasi qiz va ikkitasi o`g`il. Undan boshqa hech kim san`at sohasini tanlamagan.

Ulug`beq Qodirov haqida qiziqarli faktlar:

  • Kech qolib yurish doimiy odatiga aylangan.
  • Qo`l telefoniga qo`ng`iroq yashirin yoki notanish bo`lsa, umuman javob bermaydi. «SMS»larga ham javob yozmaydi.
  • Shaxsiy hayotiga oid savollarga javob berishdan qat`iy bosh tortadi.
  • Oilada kenja farzand bo`lgani uchun tabiatida biroz erkatoylik bor.
  • Jahli tez va qaysar. 
  • Hamkasblaridan Muhammadiso Abulxairovni professional aktyor deb biladi.
  • Bahrom Yoqubovning «Baxt uchun million» kinofilmidan keyin tanilgan.
  • Kinoda o`zi uchun eng yaxshi partnyor sifatida Dilnoza Kubaevani tan oladi.
  • Aktyorga omad olib kelgan eng muvaffaqiyatli ijrosi «Telba» filmidagi obrazidir.
  • Internet foydalanuvchilari orasida o`tkazilgan so`rovnomada «Eng chiroyli o`zbek yigitlari» ro`yxatida ikkinchi o`ringa munosib topilgan.
  • «Aka» filmidagi obrazi uchun 26 kiloga to`lishishga majbur bo`lgan va «Baron» kartinasi uchun yana shuncha kiloga ozishiga to`g`ri kelgan.

Sharhlar

Buxorolik erkak qo`shxotinlikda ayblanib, unga bir yil ozodlikdan cheklash jazosi berildi

24.11.2019, 10:51

 G`ijduvonda X.S. ismli fuqaro qo`shxotinlikda ayblanib sudlandi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo`yicha G`ijduvon tuman sudi raisi Boborahim Ochilov ma`lum qilgan.1966 yili G`ijduvon tumanida tug`ilgan fuqaro...
Zoxirshoh Jo`raev Botir Qodirov uning akasi ekani haqidagi mish-mishlarga nuqta qo`ydi

06.11.2019, 12:06

Zoxirshoh Jo`raev "Milliy" telekanalining "Nishondasiz" ko`rsatuvida ishtirok etib, oilaviy mish-mishlarga nuqta qo`ydi...Ko`rsatuv davomida boshlovchi Zoxirshohdan Botir Qodirov Sherali Jo`raevning farzandi ekani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritishini...
Shavkat Komilov suratga olish jarayonida aktrisani o`ldirib qo`yishiga bir bahya qoldi (video)

05.11.2019, 00:13

“Yolg`izlar”, “Ko`z yoshim”, “Dard” kabi o`n beshdan ziyod filmlari orqali tanilgan aktyor Shavkat Komilov ishtirokida video  tarqaldi...Unda aktyor, portnyori Aziza Yoqubovani chin ma`noda o`ldirib qo`yishiga...
​SITORA ALIMJONOVA ShAXSIY HAYoTINI MUHOKAMA QILGANLARGA MINNATDORChILIK BILDIRDI

14.08.2017, 12:34

Aktrisa Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqdi. Uning to`yi Tailandning Pxuket orolida bo`lib o`tdi.Sitora o`z intervyularida turmush o`rtog`ining 27 yoshda ekanligini va u tadbirkorlik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1