O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 13 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida bo`ladi.
Sammit tadbirlari davomida MDH doirasidagi ko`p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, savdo, investisiyalar, sanoat kooperasiyasi, innovasiyalar, raqamlashtirish, transport, ta`lim, madaniyat va boshqa sohalarda qo`shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqiladi.
Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.
Yig`ilish yakunida Hamdo`stlik doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo`nalishlariga doir qator bitim va qarorlarni qabul qilish ko`zda tutilgan.






