Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi paxta qabul qilish maskanida yong`in yuz berdi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 16 oktyabr kuni Baliqchi tumani “Nasriddinobod” MFYda joylashgan “Tetratex” MChJga qarashli paxta qabul qilish maskanida 12 kilogramm paxta xom ashyosi yonib ketgan.
“Yong`in elektr kabellaridagi nosozlik tufayli qisqa tutashuv kelib chiqishi natijasida yuzaga kelgan”, — deyiladi munosabatda.
Yong`in natijasida “Andijon-36” navli 1-sort 2-sinfga kiruvchi paxtaning yuza qismi yongan, “Tetratex” MChJ rahbari tomonidan tadbirkorga mahsulotga etkazilgan zarar aniqlanib, to`liq qoplab berilgan.






