AsosiyJamiyat

O`zbekiston eng ochiq mamlakatlardan biriga aylandi

'O`zbekiston eng ochiq mamlakatlardan biriga aylandi'ning rasmi

So`nggi yillarda olib borilgan islohotlar natijasida O`zbekiston eng ochiq mamlakatlardan biriga aylandi. Mamlakat dunyoga ochilib, yaqin qo`shnilar va boshqa xorijiy davlatlar bilan hamkorlik va do`stona siyosatni yo`lga qo`ydi.

Turizm tarmoqlarini rivojlantirish bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarning asosiy maqsadi ochiqlik tamoyili asosida jamiyatning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiy sohalarni modernizasiya qilish, tadbirkorlarga qo`shimcha imkoniyatlar yaratish va turmush farovonligini oshirishni ta`minlashdan iboratdir. 

Aholi orasida “Nima uchun O`zbekistonda turizmni rivojlantirishga katta e`tibor qaratilyapti?” degan savol tug`ilishi mumkin. Javob oddiy: sohaga kiritilgan 1 dollar investisiya 3-4 marta ko`p daromad keltiradi.

Turizm sohasida yaratilgan 1 ta yangi ish o`rni, boshqa sohalarda yana 2 ta ish o`rni paydo bo`lishiga turtki beradi.

Davlat rahbari ta`kidlaganidek: "Jazirama issiq va izg`irin sovuqda, hammani paxtaga majburiy safarbar etgan yillarda ham, O`zbekiston paxta tolasining eksporti 1 milliard dollardan oshmagan. Hozirgi kunda turizm eksporti bu marradan oshib o`tdi. Agar uni 3-4 barobar oshirsak, jaydari qilib aytganda, “paxta ekmasak” ham bo`laveradi".

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, turizmda topilgan daromadning 30 foizi odamlarning qo`liga ish haqi bo`lib boradi, sanoatda va boshqa tarmoqlarda bu 10 foizdan oshmaydi. Shuning uchun, ko`p davlatlar sayyoh jalb qilishning yangi-yangi yo`llarini izlayapti.

Shuni inobatga olgan holda, chet ellik turistlarning mamlakatimizga kelishini ta`minlash va ularning oqimini ko`paytirish maqsadida so`nggi islohotlar sharoitida viza rejimining liberallashtirilishiga alohida e`tibor qaratilmoqda. 

Xorijiy davlatlardan tashrif buyuruvchilar uchun viza rejimi soddalashtirildi, xususan, ayni paytda 93 ta xorijiy davlatlar fuqarolari uchun vizasiz kirish, 56 ta davlat uchun elektron kirish vizasi, 47 ta davlat uchun besh kunlik tranzit vizasiz kirish, shuningdek, 76 ta davlat uchun turizm vizalar berishning engilashtirilgan tartibi belgilandi. 

55 yoshga to`lgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bo`lmagan muddatga respublikaga keluvchi XXR, AQSh va Vetnam fuqarolari uchun vizasiz kirish rejimi joriy qilindi.

Shuningdek, “Vatandosh”, “Student visa”, “Academic visa”, “Medical visa” va “Pilgrim visa” kabi yangi kirish viza turlari belgilandi.

Amalga oshirilgan islohotlar natijasida, xorijiy turistlar soni 2016 yilda 1,3 mln. nafar bo`lsa, 2022 yilda 5,2 mln. nafarni tashkil etdi. 2023 yilning o`tgan 8 oyida yurtimizga xorijdan 4,3 million turist keldi.

Mamlakatimizga uzoq davlatlardan kelayotgan turistlar oqimi 3-4 barobar oshdi. Misol uchun, bu yil Hindistondan – 3,5 baravar (25 ming), Yaponiyadan – 5 baravar (7 ming), AQShdan – 2 baravar (14 ming), Italiyadan – 3,5 baravar (17 ming) ko`p sayyoh tashrif buyurdi.

Shuningdek, har bir xorijiy turistning respublika hududida bevosita sayohat xarajatlaridan tashqari sarflaydigan o`rtacha mablag` summasi 2017 yilda 197 AQSh dollarini tashkil qilgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2022 yilda 309, 2023 yilda esa 330 AQSh dollariga etdi va turizm eksporti hajmi 1,6 mlrd dollar bo`ldi (2017 yilda 531 mln dollar bo`lgan). 

Turistlarning o`rtacha qolish kuni 4-5 kunni tashkil etib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravarga ortdi.

Pandemiya, dunyodagi murakkab vaziyatga qaramasdan, mamlakatimizda o`tgan 6 yarim yilda turizm xizmatlari 2,5 barobar o`sib, xorijiy turistlar soni 5 million nafardan oshdi (2016 yilda 2 million nafar bo`lgan). Turizm eksporti 430 milliondan 1 milliard 600 million dollarga ko`paydi (o`sish – 4 barobar).

2023-yida turizm eksporti 2 milliard dollarga etishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar