AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-23° bo`ladi.

Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22° bo`ladi.

Tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar