Mutaxassislar, ya`ni fiziognomistlar inson tashqi ko`rinishining bir-birini takrorlamaydigan sifatlari o`zida juda ko`p qimmatli ma`lumotlarni jamlaganini e`tirof etishadi.
- Baland va keng peshana sohiblariga faoliyatning intellektual sohalarida muvaffaqiyatga erishish uchun barcha shart-sharoit mavjud. Biroz harakat qilsangiz kifoya.
- Baland peshanani hoshiyalaydigan sochlarning aylana chizig`i ko`pincha mustaqil fe`l-atvor va maqsadga erishishdagi qat`iylik belgisi sanaladi.
- Yuzi uzunchoq bo`lgan kishilar — yaxshi tashkilotchi, ularni boshqaruvchilik lavozimlarida omad kutadi.
- Yirik, chaqnab turuvchi ko`zlar — ijodiy sohada muvaffaqiyatni kafolatlaydigan ijobiy energetika nishonasi.
- Biroz qiyshaygan burun — ayyorlik, ustomonlik yordamida karera pog`onasidan ko`tarilish mumkinligini bildiradi.
- To`g`ri burun omadga uning sohibini o`ziga bo`lgan ishonch va xotirjamlik olib borishini bildiradi.
- Ingichka burun — engiltabiatlik belgisi ekan.
- Keng burun esa karera haqida orzu qilmaydigan, lekin baxt va muhabbatni topishga qodir ochiqko`ngil, bag`rikeng insonlarga xos.
- Xizmat pog`onasidan ko`tarilish va ko`ngildagidek nikoh yirik burunli serg`ayrat va izzattalab insonlarga xos.
- Kalta va uchi yumaloq burun egasi ortiqcha asabiylashadigan, qizishib ketadigan bo`larkan. Bu esa ularning o`ziga ham, boshqalar bilan munosabatlarda ham xalaqit beradi.





