1

Tadbirkorlarning EHF orqali tovar aylanmasi sentyabr oyida qariyb 148 trln so`mni tashkil etdi

Iqtisodiyot 24.10.2023, 21:05
Tadbirkorlarning EHF orqali tovar aylanmasi sentyabr oyida qariyb 148 trln so`mni tashkil etdi

Tadbirkorlarning EHF orqali tovar aylanmasi sentyabr oyida qariyb 148 trln so`mni tashkil etdi. Bu haqda Soliq qo`mitasi xabar bermoqda.

Tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart.

Hisobvaraq-faktura elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Realizasiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) qiymati o`zgarganda sotuvchi sotib oluvchiga qo`shimcha yoki tuzatilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etishi lozim.

Agar sotuvchi xaridorga kassa chekini bersa, elektron hisobvaraq-faktura (EHF) taqdim etilmaydi.

2023 yil 1 oktyabr holatiga 30,2 mlndan ortiq EHF orqali 1 158,1 trln so`mdan ziyod tovar realizasiyasi amalga oshirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1