AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonning yalpi ichki mahsulot hajmi o`sdi

'O`zbekistonning yalpi ichki mahsulot hajmi o`sdi'ning rasmi

Statistika agentligi dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida O`zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 751 trln so`mni tashkil etdi. Bu o`rtacha almashuv kursi (11 556,2 so`m) bo`yicha qariyb 65 mlrd AQSh dollariga teng.

Bu ko`rsatkich 2022 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 % ga o`sgan.

 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 20,7 mln. so`m (1 789,5 AQSh dollari)ni tashkil etib, 2022 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,6 % ga oshgan.

    Boshqa yangiliklar