AsosiySport
4348

La Liga. Ronaldu va nihoyat gol urdi va "Real" yirik hisobda zafar quchdi

Ispaniya chempionati 10-turida "Real Madrid" jamoasi safarda "Alaves" futbolchilariga qarshi bahs olib bordi va 4:1 hisobida g`alaba qozondi. 

Uchrashuvning 7-daqiqasida "Alaves" hisobni ochganiga qaramay, "Qirollik klubi" vakillari to`rtta gol urdi. Shulardan 3 tasi Ronalduga tegishli. Yana bitta golni Alvaro Morata kiritdi. 

Ronaldu uchta goldan bittasini penaltidan urdi. Yana bitta penaltidan esa unumli foydalana bilmadi. 

"Alaves" – "Real Madrid" 1:4

Gollar: 1:0 – 7 Deyverson, 1:1 – 17, penalti Ronaldu, 1:2 – 33 Ronaldu, 1:3 – 84 Morata, 1:4 – 88 Ronaldu.

"Alaves" – Pacheko, Feddal, Garsiya Karnero, Teo, Ruano, Manu Garsiya (Krstichich, 62), Femeniya, Mendes (Katai, 67), Kamarasa, Torres (Santos, 83), Deyverson.

"Real Madrid" – Navas, Pepe (Nacho, 24), Marselo, Danilo, Varan, Kovachich, Kroos, Isko, Beyl (Vaskes, 87), Ronaldu, Benzema (Morata, 67).

Ogohlantirishlar: Deyverson (16), Torres (39), Teo (52), Beyl (60), Femeniya (80), Krstichich (86).

Boshqa yangiliklar