1

2024 yil uchun Davlat byudjeti loyihasi e`lon qilindi

Iqtisodiyot 01.11.2023, 12:34
2024 yil uchun Davlat byudjeti loyihasi e`lon qilindi

2024 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 270,3 trln so`m, xarajatlari esa (byudjetlararo transfertlarni inobatga olmagan holda) 279,6 trln so`m miqdorida belgilanmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati ishtirokida 2024-2026 yillar makroiqtisodiy ko`rsatkichlar prognozi va 2024 yil uchun davlat byudjeti loyihasini muhokamasiga bag`ishlangan Matbuot anjumanida ma`lum qilindi deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri.

Qayd etilishicha, byudjeti taqchilligining yuqori chegarasi 52,5 trln so`m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foiz miqdorida belgilanmoqda.  

Tashqi qarzni jalb qilish bo`yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5 mlrd AQSh dollari, shundan byudjetni qo`llab-quvvatlash uchun – 2,5 mlrd AQSh dollari, investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun – 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilanmoqda.

Loyihaning to`liq matni vazirlik saytida e`lon qilindi. 

Unda 2024 yilda qaysi davlat idorasi byudjetdan qancha mablag` olishi qayd etilgan. Jumladan:

1. Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi — 46 trln 647 mlrd 414,5 mln so`m;

2. Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi — 6 trln 130 mlrd 330 mln so`m;

3. Sog`liqni saqlash vazirligi — 4 trln 587 mlrd 244,7 mln so`m;

4. Madaniyat vazirligi — 1 trln 100 mlrd 445,3 mln so`m;

5. Yoshlar siyosati va sport vazirligi — 1 trln 768 mlrd 859,2 mln so`m;

6. Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi — 1 trln 795 mlrd 563,6 mln so`m;

7. Qishloq xo`jaligi vazirligi — 1 trln 711 mlrd 199,8 mln so`m;

8. Suv xo`jaligi vazirligi — 10 trln 440 mlrd 149 mln so`m;

9. Energetika vazirligi — 242 mlrd 614,2 mln so`m;

10. Transport vazirligi — 6 trln 185 mlrd 909,4 mln so`m;

11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi — 816 mlrd 763 mln so`m;

12. Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi — 939 mlrd 085,7 mln so`m;

13. Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi — 11 mlrd 552,3 mln so`m;

14. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 11 mlrd 360,3 mln so`m;

15. Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — 1 trln 121 mlrd 965,5 mln so`m;

16. Prezident huzuridagi Statistika agentligi — 257 mlrd 170,6 mln so`m;

17. Tashqi ishlar vazirligi — 874 mlr 564,9 mln so`m;

18. Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi — 1 trln 068 mlrd 205,5 mln so`m;

19. Raqamli texnologiyalar vazirligi — 313 mlrd 926,7 mln so`m;

20. Adliya vazirligi — 239 mlrd 289,8 mln so`m;

21. Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 91 trln 928 mlrd 187 mln so`m (vazirlik xarajatlari kesimida juda ko`plab ijtimoiy xarajatlar, tashqi qarzlarga xizmat ko`rsatish va boshqa xarajatlar o`rin olgan);  

22. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq

qo`mitasi — 158 mlrd 416,7 mln so`m;

23. Vazirlar Mahkamasi — 2 trln 027 mlrd 346,8 mln so`m;

24. Prezident Adminstrasiyasi — 1 trln 599 mlrd 699,2 mln so`m;

25. Oliy Majlis Senati — 108 mlrd 465,2 mln so`m;

26. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi — 1 trln 958 mlrd 940,2 mln so`m;

27. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman) — 17 mlrd 938,3 mln so`m;

28. Bosh  prokuratura — 2 trln 112 mlrd 243,3 mln so`m;

29. Oliy sud — 1 trln 703 mlrd 218,8 mln so`m;

30. Konstitusiyaviy sud — 10 mlrd 683,4 mln so`m;

31. Sudyalar Oliy kengashi — 46 mlrd 768 mln so`m;

32. Markaziy saylov komissiyasi — 18 mlrd 298,9 mln so`m;

33. MTRK — 559 mlrd 913,6 mln so`m;

34. O`zA - 36 mlrd 721,3 mln so`m;

35. Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi — 67 mlrd 762 mln so`m;

36. Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi — 14 mlrd 726 mln so`m;

37. O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi — 150 mlrd so`m;

38. Fanlar akademiyasi — 429 mlrd 943,7 mln so`m;

39. Badiiy akademiya — 140 mlrd 325,3 mln so`m;

40. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi — 30 mlrd 720,9 mln so`m;

41. Hisob palatasi — 106 mlrd 025,9 mln so`m;

42. Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi — 635 mlrd 623,9 mln so`m;

43. Prezident huzuridagi Strategik islohotlar

agentligi — 38 mlrd 757,3 mln so`m;

44. Oliy Majlisning Bola huquqlari bo`yicha vakili (Bolalar ombudsmani) — 2 mlrd 271,9 mln so`m;

45. "Sog`lom avlod uchun" hukumatga qarashli bo`lmagan xalqaro xayriya jamg`armasi — 733,4 mln so`m;

46. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi — 9 mlrd 114,5 mln so`m;

47. Milliy antidoping agentligi — 8 mlrd 131,1 mln so`m;

48. Din ishlari bo`yicha qo`mita — 42 mlrd 163,1 mln so`m;

49. Madaniy meros agentligi — 213 mlrd 588,3 mln so`m;

50. Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya

milliy agentligi — 20 trln 274 mlrd 660,8 mln so`m;

51. Boshqa tashkilotlar — 44 trln 574 mlrd 256,5 mln so`m.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1