1

O`zbekiston Falastin xalqiga gumanitar yordam ko`rsatish uchun 1,5 million AQSh dollari ajratadi

Iqtisodiyot 02.11.2023, 10:20
O`zbekiston Falastin xalqiga gumanitar yordam ko`rsatish uchun 1,5 million AQSh dollari ajratadi

Prezident Shavkat Mirziyoev gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo`yicha vazifalar ijrosi yuzasidan o`tkazgan yig`ilish avvalida G`azo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko`rsatish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratish haqida aytgan edi.

Shunga binoan “Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo`yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga gumanitar yordam ajratish to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–354-son, 01.11.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo`yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) tomonidan olib borilayotgan Falastin xalqi uchun gumanitar yordam ko`rsatish tadbirlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash maqsadida Agentlikka gumanitar yordam ko`rsatish uchun 1,5 million AQSh dollari ajratiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1