AsosiyJamiyat

Andijonda qiz ko`p qavatli uyning 3-qavatidan tushib ketdi

'Andijonda qiz ko`p qavatli uyning 3-qavatidan tushib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda  “Andijon shahridagi ko`p qavatli uylarning birida ayol kishi uyning 3-qavatidan o`zini tashlab yuborganligi” haqida xabarlar tarqaldi.

Viloyat prokuraturasining xabar berishicha, 27 oktyabr kuni soat 23-30 larda fuqaro N.R. ning viloyat IIB ning “102” qisqa raqamiga qilgan murojaati asosida Andijon shahar IIO FMB profilaktika inspektorlari Andijon shahar, 3-kichik daha, 7-uy, 22-xonadonga etib kelishganida xonadon egasi fuqaro N.G. uyning derazasi tashqi tomoniga chiqib, hayotdan to`yganligini bildirib baqirayotgan bo`lgan.

Xonadon eshigi berkligi sababli viloyat FVB ning qutqaruv otryadi xodimlari chaqirtirilib, eshik ochib kirilib, derazaning tashqi tomonida turgan fuqaro N.G. dan pastga tushishi aytilganida, fuqaro N.G. ehtiyotsizligi tufayli sirpanib ketib 3-qavatdan tushib ketgan.

Oqibatda fuqaro N.G. og`ir tan jarohatlari bilan RShTYoIM ning viloyat filialiga olib borilgan va tibbiy yordam ko`rsatilib, hayoti saqlanib qolingan.

Xozirda mazkur holat bo`yicha Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.     

    Boshqa yangiliklar