O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.


Aeroportda davlatimiz rahbarini Qozog`iston Bosh vaziri Alixan Smailov kutib oldi.


Ertaga mamlakatimiz etakchisi Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishida ishtirok etadi.








