1

Rossiya, O`zbekiston, Qozog`iston va Qirg`iziston 2024 yilda gaz bo`yicha 15 yillik shartnoma tuzishi mumkin

Iqtisodiyot 03.11.2023, 08:27
Rossiya, O`zbekiston, Qozog`iston va Qirg`iziston 2024 yilda gaz bo`yicha 15 yillik shartnoma tuzishi mumkin

Rossiya, O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi gaz sohasidagi hamkorlik ufqi 15 yilni tashkil etadi, uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi 2024 yil o`rtalarida tuzilishi mumkin. Bu haqda Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumi chog`ida "Gazprom" rahbari Aleksey Miller ma`lum qildi, deb yozdi "TASS".

“Biz hamkorligimiz uchun uzoq muddatli shartnoma asoslarini yaratmoqdamiz. Biz Qozog`iston, O`zbekiston va Qirg`izistonlik hamkasblarimiz bilan 15 yil hamkorlik ufqini belgilab oldik. Forumda bo`lib o`tgan va hozirda ham bo`lib o`tadigan uchrashuv va muzokaralar joriy davrda Qozog`iston, O`zbekiston va Qirg`iziston bilan hamkorlikning huquqiy jihatdan majburiy shartnomaviy asoslarini yaratish maqsadida memorandumlar imzolashga qaratilgan”, — dedi u.

Millerning so`zlariga ko`ra, bu mamlakatlar iqtisodiyoti yuqori sur`atlarda rivojlanmoqda, tomonlar Rossiya gazini etkazib berishni yanada kengaytirish, Markaziy Osiyo – Markaz gaz quvurlari tizimi orqali Qozog`istonda gaz tashish quvvatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda. Bu nafaqat tranzit quvvatlariga, balki ushbu mamlakatlardagi iste`molchilarga Rossiya gazini etkazib berishga ham tegishli.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1