1

Ayol va erkak bir-birini tushunishi uchun tarjimon kerak…mi?

SUG'DIYONA 31.10.2016, 14:07
Teglar: Muhabbat, Ayol, Erkak, Er-xotin
Ayol va erkak bir-birini tushunishi uchun tarjimon kerak…mi?

Erkaklar va ayollar deyarli turli tillarda gapirishadi! O`ylab ko`rsangiz, bu gapda jon bor. Qiziq, u holda qanday qilib bir to`xtamga kelish mumkin?

Ayol gapiradi, erkak jim…
Ayollar tili juda ko`p «foydali» vazifalarni bajaradi. Bu — gapga kirmay, ko`chadan beri kelmaydigan bolalarga ta`sir etish quroli, ham sichqonlar va boshqa zararkunandalarga qarshi vosita! Qanday qilib deysizmi? Axir zararkunandalar ovoz to`lqinlari ta`sirida boshqa — o`zlari uchun «xavfsizroq» joyga qochishadi, hech bo`lmaganda bu «chaqmoq» to`xtaguncha bekinishadi. Shuningdek, ayollar ovozi fikrni yo`naltiruvchi motorcha vazifasini ham o`taydi.

Erkaklar esa «quloqsiz» bolalarga nisbatan ham, zararkunandalarga qarshi ham ovozdan ko`ra, «qovoq»ni, nari borsa, kuchni ishlatishlari mumkin. Tinchlanish yoki dam olish uchun esa teleekran orqali futbol matchini tomosha qilish yoki kun bo`yi garajda kalovlanish kifoya.

Erkaklar «ayollar nimani o`ylasa, shuni gapiradi», deb taxmin qilishadi. Aslida esa aksincha, ayol nimani gapirsa, shuni o`ylaydi.

Kuchli jins vakillarida biror muammo haqida bosh qotirayotib, u burchakdan bu burchakka yurish odati bor. Ular shu tariqa go`yo fikrlash jarayonini tezlashtirishadi. Ayollar-chi? Erkaklarga nisbatan sabrsizroq va ularning ozgina bo`lsa-da e`tiborini qozonish uchun uzun poshnali oyoq kiyimlarda azob chekadigan ayollar nima qilsin? Topdingiz! Aksariyat hollarda ular o`z fikrlarini tartibga keltirish uchun tilni ishga solishadi.

Ziddiyatlardan qochish uchun juftingizni «hozir men o`ylayapman», deb ogohlantirib qo`yishga dangasalik qilmang! Keyin esa uzundan-uzun monologingizni bitta jumlada bildiring. Bu unchalik murakkab emas! Іarakat qilsangiz, til topishish oson bo`ladi.

Ayol uchun o`yin, erkak uchun mantiq…
Erkak va ayol bahsida haqiqat kamdan-kam hollarda yuzaga chiqadi. Chunki ular turli qoidalar bo`yicha o`ynashadi. Kuchli jins vakillari mantiq qonunlariga tayanishga, «ishonchli» manbalarni keltirishga, obro`-e`tiborini ro`kach qilishga moyil bo`lsa, xonimlar esa suhbatdoshining o`tmishdagi xatolarini eslatib,  unda aybdorlik hissini uyg`otish orqali «tuzoq»qa ilintirishga urinishadi. Bu «jang»da mag`lub bo`lsa, ayol alamini ko`z yoshlardan oladi. Agar bu yordam bermasa, g`oliblik esa juda zarur bo`lsa, u hatto ataylab hushdan ketish sahnasini o`ynashi ham mumkin. Bu oxirgi usul deyarli hamisha qo`l keladi va erkak mag`lubligini tan oladi. To`g`ri, bu vaziyatda u o`zini aldangandek his qiladi va bu keyingi munosabatlarda o`z aksini ko`rsatadi. Shunday ekan, sevgilingizning xushmuomalaligini suiiste`mol qilmang va uning tuyg`ularini hurmat qiling.

Ayol ishora qiladi, erkak aniqlashtiradi
Ayollar ustomonligi, xushmuomalaligi ko`pincha teskari natijaga olib keladi. Erkak nafsoniyatiga tegib ketishdan qo`rqib, xonimlar mimikani faol qo`llaydi va gap tuzilishini yumshatadi. Sevgilingiz esa hammasini boricha tushunadi. Masalan, lablaringizni cho`chchaytirib, kipriklaringizni pirpiratib, «azizim, men hech nimani tushunmayapman», deb, biror nimaga ishora qilsangiz, u «bunga nimani qanday bajarish kerakligini tushuntirish kerak», degan xulosaga keladi. Yaxshisi, dangaliga yordam so`rang.

Ayol taktik, erkak strateg
Erkak oshxonaga ko`z yugurtirib, chuqur o`ylab, aytadi: «oshxonaga tokcha kerak!» Buni eshitib, xursand bo`lganingizdan yugurib borib, asbob-anjomlarni olib kelasiz. Lekin qaytib kelib, hafsalangiz pir bo`ladi: u divanga yonboshlaganicha televizordan ko`z uzmay o`tiribdi. Bunday «tryuk»larga duch kelmaslik uchun esda tuting: erkak o`zini oila boshlig`i deb hisoblab, qarorlar chiqaradi, so`ng ularga o`zgartirish kiritadi, keyin esa uch o`qishda qabul qiladi. Agar tokcha ilinishini xohlasangiz, buni o`zingiz bajarishni boshlab, undan yordam so`rang. Yoki tokcha bo`lmasa, ovqat tayyorlay olmasligingizni afsus bilan bildiring.

Ayol tuyg`ularni, erkak ma`lumotlarni qo`llaydi
Garchi erkaklar his-tuyg`ularga boy ayollar yoqishini ta`kidlashsa-da, lekin xonimlar o`z tuyg`ulari haqida gapirsa, ularning bu qiziqishi so`na boshlaydi. Sevgilingiz sizni tushunishi uchun gapni aniq ma`lumotlardan boshlang va keyingina ularga munosabatingizni bildirishingiz mumkin. Oh-vohlaringiz evaziga eringiz darrov sizni tushunib qolishidan umid qilmang. Avvaliga u vaziyat borasidagi fikrini biroz ortda qoldirishi kerak. Buning uchun esa unga quruq raqamlar va texnik tafsilotlar kerak. 
Tuyg`ularingizni muhim vaziyatlar uchun asrab qo`ying. Bo`lar-bo`lmasga hislaringizga erk beraverib, juftingizning qiziqishini so`ndirmang. Salga «oh-voh» qilaverib, ertakdagi «yolg`onchi cho`pon»ning holiga tushib qolmang tag`in!

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1