1

Xizmatlar eksporti va importi bo`yicha dalolatnomalarni tizimga kiritishning muddatlari uzaytirildi

Iqtisodiyot 07.11.2023, 11:14
Xizmatlar eksporti va importi bo`yicha dalolatnomalarni tizimga kiritishning muddatlari uzaytirildi

“Tashqi savdo operasiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to`g`risida”gi Nizomga o`zgartirish kiritildi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Unga muvofiq xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan ko`rsatilgan xizmatlarning eksport va importi bo`yicha ma`lumotlar dalolatnoma tuzilgan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirilmagan muddatda TSOYaEATga* kiritilishi belgilandi.

* VMQ-560-son 24.10.2023.

Avval mazkur dalolatnomalarni kiritish uchun 1 kunlik muddat belgilangan edi.

Ma`lumot uchun: eksport-import operasiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish — mansabdor shaxslarga BHMning 8 baravaridan 12 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

* MJtK 171-modda 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1