AsosiyJamiyat

Surxondaryoda sel xonadonlar joylashgan hududlargacha kirib bordi (video)

'Surxondaryoda sel xonadonlar joylashgan hududlargacha kirib bordi (video)'ning rasmi

Kecha, 8 noyabr kuni, kunning ikkinchi yarimida M39 xalqaro avtomagistral yo`lining Boysun tumani “Chilonzor” mahallasidan o`tgan qismida sel-suv toshqinlari yo`lning qatnov qismiga chiqib kelgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot  xizmati xabar qilmoqda.  

Ma`lum qilinishicha, hodisa joyiga tuman hokimligi, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, yo`l harakati xavfsizligi bo`linmalari xodimlari etib borishgan va vaziyat nazoratga olingan.

Sel-suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish, yo`ldagi loy-shag`al aralashmasini tozalash ishlari olib borilmoqda. Transport harakati tiklangan. Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan yo`l bo`yida joylashgan ayrim xonadonlar va boshqa ob`ektlarda suv to`plamlarini tozalash ishlari davom ettirilmoqda.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida sel kelgani aks etgan videolar tarqalmoqda. 

Eslatib o`tamiz, joriy yil 8-9 noyabr kunlari kuchli yomg`irlar natijasida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi to`g`risida xabar berilgan edi.

 

 

    Boshqa yangiliklar