1

Kelasi yilda "Afrosiyob" chiptalari narxi yana oshirilishi mumkin

Iqtisodiyot 09.11.2023, 11:43
Kelasi yilda "Afrosiyob" chiptalari narxi yana oshirilishi mumkin

“O`zbekiston temir yo`llari” 2024 yilda yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoezdi chiptalari narxini oshirish masalasini ko`rib chiqmoqda. Bu haqda "Verona" Evroosiyo iqtisodiy forumida kompaniya raisining birinchi o`rinbosari Hikmatulla Rahmetov “Spot"ga ma`lum qilgan.

“Agar indeksasiya bo`lgan taqdirda ham bu keyingi yilda bo`lishi mumkin va "Afrosiyob" tezyurar poezdlari uchun bo`ladi. Biz bozorga, energiya narxiga, Shveysariya frankiga bog`langanmiz. Aslida mazkur indeksasiyaga ta`sir qilishi mumkin bo`lgan ko`plab omillar mavjud “, — dedi u.

Rahmetovning qayd etishicha, butun dunyo temir yo`l kompaniyalari mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan tarif siyosatidan kelib chiqib har yili chiptalar narxini indeksasiya qiladi.

Shuningdek, u 1 noyabrdan temir yo`l chiptalari narxi oshirilganiga izoh berib, indeksasiya “O`zbekiston temir yo`llari"ning yo`qotishlarini kamaytirishga yordam berganini ta`kidladi.

“Yagona narsa shundaki, biz tarifni oshirdik va bu bugungi kunda bozorda kuzatilayotgan narxlarning kichik indeksasiyasini qoplashi mumkin. Bu — inflyasiya, energiya narxining oshirilishi, ehtiyot qismlari va hokazo”, — deya izohladi Rahmetov.

Rais o`rinbosari kompaniyaning ko`rilgan zarari juda yuqori bo`lgani va hozir ham yuqoriligicha qolayotganini ta`kidlab, kichik o`zgarish tufayli bu yo`qotish nuqtasi biroz qisqarishi mumkinligini qayd etdi.

Uning so`zlariga ko`ra, yo`lovchi tashishlarida nafaqat O`zbekistonda, balki dunyoning ko`plab davlatlarida ham yo`qotishlar kuzatiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1