Bu savollarga quyidagi test orqali javob topib, lozim bo`lsa, ayrim odatlaringizga tuzatishlar kiritishingiz mumkin.
1. Oziq-ovqat do`koniga qanchalik ko`p borasiz?
a) Haftada bir marta.
b) Ba`zan shunchaki, ba`zan zarurat yuzasidan.
v) Har kuni.
2. Do`konga borayotganda aynan qaysi mahsulotlarni xarid qilish uchun ketayotganingizni aniq bilasizmi?
a) Ha, qo`limda ro`yxat bo`ladi.
b) Ro`yxatim bo`lmaydi, ammo nima olishimni yoddan bilaman.
v) Yo`q, hammasini o`sha erda hal qilaman.
3. Yig`ib qo`ygan pullaringizni arzon uchrab qolgan etik yoki palto uchun sarflab yuborishingiz mumkinmi?
a) Yo`q, hech qachon.
b) Odatda unday emas, ammo buyum juda yoqib qolsa, bo`lishi mumkin.
v) Ha, bunaqasi ko`p bo`ladi.
4. Yirik xarid uchun pul etmay qolsa, katta miqdorda qarz olishingiz mumkinmi?
a) Qarz olishni yomon ko`raman.
b) Buning nimasi yomon?!
v) Pul etmasa, yagona yo`li qarz olish.
5. Qarz so`raganingizda, rad javobini olganmisiz?
a) Yo`q, odatda so`rashim bilan berishadi.
b) Ba`zida ha.
v) Ko`pincha rad javobini berishadi.
6. Ayni damda yoningizda qancha pul borligini aniq ayta olasizmi?
a) Ha, tiyin-tiyinigacha.
b) Taxminan.
v) Yo`q.
7. Yangi narsa olishni oldindan rejalashtirasizmi?
a) Albatta.
b) Odatda ha, ammo yaxshi narsa uchrab qolsa, olishim mumkin.
v) Yo`q, rejalashtirmayman, yoqqan narsani olaveraman.
8. Pulni tejamayotganingiz uchun oila a`zolaringizdan dakki eshitganmisiz?
a) Yo`q, hech qachon.
b) Ba`zi-ba`zida.
v) Kunda dakki eshitaman.
9. Maosh olganingizda, uning bir qismini olib qo`yasizmi?
a) Ha, odatda shunday.
b) Ba`zida olib qo`yish esdan chiqadi, keyin oylikkacha qiynalib qolaman.
v) Yo`q, olib qo`ymayman, pulim qolmasa, kimdandir qarz so`rayman.
10. Mehmon kutayotganingizda siz:
a) pishiriqlarni o`zingiz pishirasiz, arzonroq tushadi;
b) juda katta xarajatga yo`l qo`ymasangiz-da, ortiqcha xasislikni ham o`zingizga ep ko`rmaysiz;
v) shavla ketsa ketsin, obro` ketmasin, shioriga amal qilasiz.
Natijalar
«A» javobi ko`p bo`lsa: siz tajribali va tejamkor bekasiz. Sizdan ibrat olsa bo`ladi.
«B» javobi ko`p bo`lsa: sizni tejamkor deyish qiyin. Lekin ko`pincha keraksiz xaridlarga yo`l qo`yasiz. O`zingizni tiyishga harakat qiling.
«V» javobi ko`p bo`lsa: siz isrofgar ayolsiz. Pulni sanamay ishlatasiz. Pulga va xaridlarga munosabatingizni zudlik bilan o`zgartirishingiz kerak.