“O`zgidromet” 13-15 noyabr kunlari respublika bo`ylab kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 13-noyabrda kechasi 2 daraja sovuq—3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 14-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduz 12-17 daraja iliq, 15-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduz 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 13-14-noyabrda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq;
15-noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida 13-noyabrda kechasi 2 daraja sovuq—3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 14-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq, 15-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 13-noyabrda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq, 14-noyabrda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduz 15-20 daraja iliq, 15-noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 13-noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq, 14-noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 15-noyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 13-noyabrda 13-18 daraja iliq, 15-noyabrda 20-25 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 13-noyabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq, 14-noyabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduz 6-11 daraja iliq, 15-noyabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.






