1

Milliy gvardiya mansabdori, “ichki ishlar xodimi”, advokat va “Bek baraka” bozori direktori qo`lga olindi(video)

Jinoyat 12.11.2023, 11:07
Milliy gvardiya mansabdori, “ichki ishlar xodimi”, advokat va “Bek baraka” bozori direktori qo`lga olindi(video)

DXX “darakchi.uz”ga korrupsiya va firibgarlik holatlari aniqlangani haqida xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan “Bek Baraka ixtisoslashgan savdo kompleksi” MChJ direktori o`rinbosari firibgarlik yo`li bilan bozor balansidagi yangi tipda qurilgan engil konstruksiyali savdo do`konini o`zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali tadbirkorlik bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan fuqaroga olib berish evaziga 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Departamentning shahar boshqarmasi bilan o`tkazilgan faol tadbirda ushlandi. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamentining shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda advokatlik byurosi advokati  firibgarlik yo`li bilan fuqarodan 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. 

Ma`lum bo`lishicha, advokat o`zining O`zbekiston Respublikasi Oliy sudida ishlovchi tanishlari orqali fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudining 2023 yil oktyabr oyidagi hal qiluv qarorini sudning appellyasiya instansiyasi jarayonida fuqaro (sudlanuvchi) foydasiga o`zgarishsiz qoldirish masalasini hal qilib berishni va`da qilgan. 

Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa o`zini ichki ishlar idoralari xodimi deb tanishtirgan shaxs mahalliy fuqarodan uning tanishiga nisbatan Ichki ishlar organi tomonidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan mazkur shaxsni tergov hibsxonasidan chiqarish va unga nisbatan yuritilgan jinoyat ishini harakatdan tugatishni hal qilib berish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qiladi. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda ushbu shaxs oldindan 2 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Milliy Gvardiya Xorazm viloyati Qo`riqlash boshqarmasi Shovot tumani qo`riqlash bo`limi texnik qo`riqlash markazi boshlig`i firibgarlik yo`li bilan 1400 AQSh dollari hamda 1,2 mln so`m pullarni olgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, u mahalliy fuqaroni Milliy Gvardiya tizimiga ishga joylashtirib qo`yishni va`da qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1