Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan WTM da e`lon qilingan raqamlarga ko`ra, Turkiyadagi bir milliondan ortiq mehmonxona yotoqlari barqaror turizm ishonchnomasi va sertifikatlarini qo`lga kiritdi. Turkiya Milliy Barqarorlik Turizmi dasturi doirasida 1044189 yotoq sig`imi bo`lgan 7500 dan ortiq mehmonxona sertifikat olish huquqiga ega bo`ldi. Sertifikatlash jarayoni, Turkiyaning hukumat darajasidagi shartnomani imzolagan dunyodagi birinchi davlat bo`lgani, Global Barqaror Turizm Kengashi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dasturning ajralmas qismidir.
Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy Londondagi “Jahon Sayohat bozori”ning birinchi kunida shunday dedi: “2023 yilning yanvar-sentyabr davrida Turkiyaga tashrif buyurganlarning umumiy soni 45 million 230 ming 69 nafarni tashkil etib, 2022 yilning xuddi shu davriga nisbatan 12,4 foizga o`sdi. Buyuk Britaniya bizning eng muhim maqsadli bozorlarimizdan biridir. ABTAning yillik Sayohat konvensiyasi joriy yilning 29 oktyabr va 2 noyabr kunlari Bodrumda bo`lib o`tgani ham buni tasdiqlaydi. Biz sayyohlik sektorimiz o`sishiga katta e`tibor qaratgan bo`lsakda, mamlakatimiz resurslarini kelajak avlodlar uchun himoya qilishga sodiqmiz. 2023 yilning 9-oyiga kelib Turkiyaga 45 milliondan ortiq kishi tashrif buyurdi. Eng yirik turizm hududlarimizdagi bir milliondan ortiq mehmonxona yotoqlari barqarorligi tasdiqlangan va sertifikatlanganligi sababli, Turkiyaga tashrif buyurayotgan ko`plab xalqaro mehmonlar ushbu turar joy binolarida qolayotganini ko`rishdan bag`oyatda mamnunmiz.”
Turkiya stendi WTM da N8-210 raqamli joydan o`rin olgan. 808 metr kvadratlik stendda mamlakatning ko`zga ko`ringan manzillari, velosport marshrutlari, Milliy barqaror turizm dasturi va butun mamlakat bo`ylab 50 ta barqaror turizm tajribalari aks ettiriladi. Stend Turkiyaning boy tarixiy va madaniy merosi bilan bir qatorda barqaror lazzat turizmi imkoniyatlarini ham yoritib beradi.
Turkiyaning to`rtta yirik turizm mintaqasida Milliy Barqaror Turizm Dasturining borishiga nazar tashlaydigan bo`lsak, Antaliyada 1144, Istanbulda 966, Mug`lada 639 va Izmirda 488 turar joy ob`ekti tasdiqlandi, sertifikatlandi.






