1

Qandli diabetga chalinganlarda buyrak etishmovchiligining rivojlanishini sekinlashtirish yo`li topildi

Salomatlik 14.11.2023, 11:41
Qandli diabetga chalinganlarda buyrak etishmovchiligining rivojlanishini sekinlashtirish yo`li topildi

Hozir dunyoda yarim milliarddan ortiq kishi qandli diabetdan aziyat chekmoqda. Prognozlarga ko`ra, 2030 yilga borib, bu kasallik bilan og`rigan bemorlar soni 1,3 milliard nafargacha etishi mumkin. Bu esa ushbu xastalikdan nogironlik holatlari ortishiga sabab bo`lmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmat xabarida qayd etilgan. 

Olimlar fikriga ko`ra, noto`g`ri ovqatlanish, kamharakatlik oqibatida kelib chiqadigan ortiqcha vazn qandli diabetning asosiy omildir. Ana shu dardga chalinganlarda buyrak hujayralari shikastlanib, ularning filtrlash qobiliyati pasayadi. Bu esa oxir-oqibat surunkali buyrak etishmovchiligi rivojlanishiga olib keladi.

Shu asnoda buyraklar funksiyasini saqlab qolish uchun qat`iy va davomli parhez hamda uzoq muddatli dori-darmonlar muolajasi talab etiladi.

Yaponiya olimlari tarkibida bardoksolon metil bo`lgan preparat surunkali buyrak etishmovchiligi rivojlanishini sezilarli darajada sekinlashtirishini isbotladi.

Ushbu yangilik yaqinda AQShning Filadelfiya shahrida bo`lib o`tgan yirik xalqaro nefrologlar anjumanida taqdim etildi.  

Ma`lum bo`lishicha, mazkur klinik tadqiqotning 3-bosqichida buyrak xastaligi bor qandli diabetga chalingan 1013 nafar bemor ishtirok etdi. Ularning salomatlik ko`rsatkichlari uch yildan ko`proq vaqt davomida maxsus kuzatuv ostiga olindi.

Shu asnoda qo`llanilgan preparat buyrak funksiyasi yomonlashuvini samarali sekinlashtirishi tasdiqlandi.  

Ya`ni bardoksolon metil Keap1-Nrf2 signal yo`lini faollashtirishi, bu esa hujayralarni kislorodning aktiv formalari bilan shikastlanishdan himoya qilishi ma`lum bo`ldi. O`z navbatida, bu preparat yurak uchun xavfsiz ekanligi tadqiqot davomida o`z isbotini topdi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1