AsosiyDunyo

Isroil Prezidenti: "Agar biz orqaga chekinsak, kim nazorat qiladi? Biz G`azoni tark eta olmaymiz"

'Isroil Prezidenti: "Agar biz orqaga chekinsak, kim nazorat qiladi? Biz G`azoni tark eta olmaymiz"'ning rasmi

Isroil G`azo sektorida terrorchilar paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik uchun "juda qudratli kuchlarni" saqlab qolish niyatida, dedi Isroil prezidenti Isxak Gersog. Uning so`zlariga ko`ra, HAMAS bilan urushdan keyin G`azo sektorini qanday boshqarish bo`yicha ko`plab g`oyalar muhokama qilinmoqda. Prezidentning so`zlariga ko`ra, Qo`shma Shtatlar va Isroilning mintaqadagi qo`shnilari “mojarodan keyingi tartib”ni yaratishda ishtirok etishlari kerak.

“Agar biz orqaga chekinsak, kim nazorat qiladi? Biz u erni tark eta olmaymiz. Biz mexanizm (anklavni boshqarish) qanday bo`lishi haqida o`ylashimiz kerak”, — dedi Gersog.

Isroil prezidentining ta`kidlashicha, uning mamlakati hali ham XAMASdan garovga olinganlar haqida hech qanday ma`lumot olmagan, shuning uchun armiya "ularni ozod qilish uchun kurashishga majbur". U shuningdek, Isroil kuchlari G`azodagi shifoxonalar yaqinidagi operasiyalarda “juda ehtiyotkorlik bilan” harakat qilayotganini aytdi.

Isxak Gersog urush paytida falastinliklarning o`limidan xavotirda ekanini aytdi. “U mening yuragimni buzadi. Lekin men doimo xalqimizni himoya qilish uchun birinchi navbatda xavfsizlikni ta`minlashim kerak”, — deya qo`shimcha qildi u.

Eslatib o`tamiz, Isroil va HAMAS o`rtasidagi urush 7 oktyabrdan beri davom etmoqda. Harbiy harakatlar natijasida 1,2 ming isroillik halok bo`ldi, 5,4 ming kishi yaralandi, 200 dan ortiq kishi garovga olindi. G`azoda 11,1 mingdan ortiq falastinlik halok bo`ldi, 27,5 ming kishi yaralandi. 

    Boshqa yangiliklar