AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati hokimligi uchta mashinaning qonunchilikka zid ravishda xarid qilinayotganini rad etdi

'Toshkent viloyati hokimligi uchta mashinaning qonunchilikka zid ravishda xarid qilinayotganini rad etdi'ning rasmi

Kuni kecha internet tarmog`ida Toshkent viloyati hokimligi tomonidan uchta elektromobil amaldagi qonunchilikka zid ravishda xarid qilinayotgani, Buning uchun 1,3 mlrd so`m ajratilgani va hokimlikning rasmiy veb saytiga noto`g`ri axborot kiritilgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Hokimlik mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati hokimininig birinchi o`rinbosariga 2021 yili ishlab chiqarilgan Mersedes Benz 10 001 TVX xizmat mashinasi sifatida biriktirilmagan. Bu noto`g`ri axborot. Viloyat hokimining birinchi o`rinbosariga 2009 yilda ishlab chiqarilgan Mersedes Benz 10 003 DAV rusumli mashina biriktirilgan. 

Viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosariga biriktirilgan 10 013 DAV avtomashinasi haqiqatan ham 2020 yilda ishlab chiqarilgan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 258-sonli Qarorining 6-bandida xizmat mashinalarini yangilash tartibi belgilangan. Xususan, 5 yil foydalanishda bo`lgan mashinalar, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz holga kelgan mashinalar almashtirilishi yoki quyi tizim tashkilotlariga foydalanish uchun berilishi ko`rsatib o`tilgan.

Viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosariga biriktirilgan 10 013 DAV avtomashinasi 2020 yilda ishlab chiqarilgan, hozirgi kunga kelib yo`l-transport hodisasiga uchragani sababli, texnik jihatdan yaroqsiz holga kelgan.

Xarid qilinayotgan xizmat yangi mashinalari (elektromobil, gibrid) davlat rahbarining PQ-443 sonli qarorida belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilmoqda. Yangi avtotransport vositalari xarid qilinganidan keyin amalda foydalanilayotgan mashinalar tegishli tartibda hisobdan chiqariladi.

    Boshqa yangiliklar