AsosiyDunyo

Parijda samolyot 30 nafar yo`lovchini "unutib qoldirdi"

'Parijda samolyot 30 nafar yo`lovchini "unutib qoldirdi"'ning rasmi

Turk aviakompaniyasining samolyoti Parijdan Izmirga uchib, aeroportda 30 nafar yo`lovchini "unutib qoldirdi". Bu haqda Zamon.uz yozmoqda. 

Parij-Izmir reysi Sharl de Goll aeroportida soat 17:00 da amalga oshirilishi kerak edi, biroq uch soatlik kechikish e`lon qilindi. Ammo soat 20:00 da jo`nash vaqti haqida ma`lumot berilmagan.

Yangi jo`nash vaqti tugagach, mobil ilovada samolyot Izmirga uchib ketganligi haqida xabar paydo bo`ldi. Keyinroq samolyot belgilangan aeroportga eson-omon qo`ngani ma`lum bo`ldi.

Yo`lovchilarning aeroport ma`muriyatidan tushuntirish olishga urinishlari hech qanday natija bermadi va ular keyingi reysda manzillariga etib borishgan.

    Boshqa yangiliklar