Ertaga, 22 noyabr kuni Toshkentning ikki tumanidagi ayrim hududlar aholisi elektr ta`minotidan vaqtincha o`chiriladi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali bergan e`longa ko`ra, ayni paytda ushbu hududlarda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rilmoqda.
- Bektemir tumani: "Gulbog" MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Yashnobod tumani: "Argin" MFYning ayrim hududlarida 09:00 dan 17:00 gacha.
O`z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi ma`lum qilingan.