“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-18° iliq.
Poytaxtimizda yomg`ir yog`adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-18° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, tuman tushadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi kutilmoqda Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.






