Ijtimoyi tarmoklarda fuqaro otib ketilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati izoh berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 21 noyabr kuni taxminan soat 22.30 atrofida Mirobod tumani Nukus va Avliyoota ko`chalari chorrahasida 1998 yilda tug`ilgan B.B. boshqaruvidagi Hyundai sonata avtomashinasida piyodani urib yuborgan. Natijada piyoda 1982 yilda tug`ilgan F.K. shifoxonaga olib borilganda, shifokorlarning sa`y harakatlarga qaramay vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.






