AsosiySiyosat
3189

O`zbekistonning yangi elchisi Avstriya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

'O`zbekistonning yangi elchisi Avstriya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi'ning rasmi

Kecha Vena shahrida O`zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimovning Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirish rasmiy marosimi bo`lib o`tdi.

Marosim doirasida elchining Avstriya Prezidenti bilan suhbati bo`lib o`tdi. Unda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Suhbat yakunida Avstriya Prezidenti elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va uning ushbu mas`uliyatli faoliyati Avstriya va O`zbekiston o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirishga xizmat qilishiga umid bildirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar