Mast holdagi rusiyzabon ona gul do`koni va uyi oldida qizini kaltakladi.
Do`kon xodimlari qizni olib ketmoqchi bo`lgan, ammo bola qo`rquv sababli bunga rozi bo`lmagan. Keyinchalik ular milisiya xodimlariga murojaat qilgani aytilmoqda.
Bolalar ombudsmani do`konda onasi tomonidan kaltaklangan qiz holati bo`yicha munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, holat Mirzo-Ulug`bek tumanidagi “Oqibat” mahallasi Markaz-1 dahasida joylashgan do`konda yuz bergan. Shu erda bo`lgan fuqarolar jarayonni videotasvirga olib tarqatishgan.
Mazkur holat darhol Bolalar Ombudsmani tomonidan nazoratga olindi. Hozirda Ona V.A.ning harakatlariga baho berish yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Onasining bunday zo`ravonligidan jabr ko`rgan qizcha Toshkent shahar voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya ko`rsatish markaziga joylashtirildi. Onani esa ota-onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ko`rib chiqilmoqda.
Davlat har bir bola manfaati ustunligini ta`minlaydi", deyiladi Bolalar Ombudsmani bayonotida.