Ijtimoiy tarmoqda Qo`rg`ontepa “Muruvvat” nogironligi bo`lgan bolalar uchun internat uyining sobiq direktori M.M. qurilish ishlari uchun ajratilgan 4 mlrd. so`mdan ortiq mablag`ni talon-toroj qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga Andijon viloyati prokuraturasi oydinlik kiritdi.
Aniqlanishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan “Muruvvat” nogironligi bo`lgan bolalar uchun internat uyida amalga oshirilgan qurilishlar davomida jami 1 mlrd. 74 mln. so`mlik byudjet mablag`larini talon-toroj qilinganligi holati bo`yicha qurilishni amalga oshirgan jamiyatlar hamda internat uyining mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Xozirda jinoyat ishi yuzasidan Qo`rg`ontepa tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishining tergovi ustidan nazorat o`rnatilgan.






