1

Toshkentda Jah Khalib konsertiga kirishda yuz bergan tartibsizlik yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi

Madaniyat 26.11.2023, 17:13
Toshkentda Jah Khalib konsertiga kirishda yuz bergan tartibsizlik yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi

Biroz avval Jah Khalib'ning Toshkentda o`tayotgan konsertida katta tartibsizlik yuzaga kelgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu konsertga tashrif buyurgan fuqarolar "Humo arena" saroyiga kirish joylarida katta tirbandlik hosil qilgan va tartibsizlik holatlari yuz bergan edi. 

Milliy gvardiya yuz bergan tartibsizlik yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi

Konsertga 10 mingdan ortiq sotuvga chiqarilgan elektron chiptalar sotib olingan. Humo arena`ga kirish uchun tashrif buyurganlar chiptalari iTicket xodimlari tomonidan maxsus skaner qurilmasi orqali tekshirilib kiritilgan. O`rindiqlar to`lgan bo`lsada, tashqarida kirish istagida bo`lgan yana mingdan ortiq fuqaro qolib ketgan.

"Ular taqdim etgan elektron chiptalar tanishlari yoki boshqa jismoniy shaxslardan sovg`a sifatida hamda pul evaziga qo`lga kiritgani ma`lum bo`lgan. Ayrim fuqarolar elektron chiptalarni o`z manfaati yo`lida takroran sotgani aniqlangan" deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1