1

Ronaldu sharafiga Saudiya Arabistonida muzey ochildi

Sport 27.11.2023, 19:56
Ronaldu sharafiga Saudiya Arabistonida muzey ochildi

Portugaliyalik "Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida uning sharafiga muzey ochilganini ma`lum qildi

“Bu mening hikoyam. Madeyradan Saudiya Arabistonigacha mening imzo qo`ygan SR7 muzeyim endi Ar-Riyodda ochildi”, - deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmog`ida.

Ronaldu muxlislari uning shaxsiy esdalik buyumlari, masalan, ko`ylaklari, shaxsiy mukofotlari va poyabzallari to`plamini o`rganishlari mumkin. 

Muzeyda hujumchining ko`plab sovrin va medallari, jumladan beshta “Oltin to`p” mukofotlari nusxalari ham namoyish etilgan. Muzeyda Ronalduning mum nusxasi ham namoyish etilgan.

Ronaldu "Al-Nasr"da 2023 yildan buyon o`ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo`ljallangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1