AsosiyJamiyat
2554

"Oyoq-qo`li sog` yigit-qizlar mana bu yigitdan o`rnak olishlari kerak"

'"Oyoq-qo`li sog` yigit-qizlar mana bu yigitdan o`rnak olishlari kerak"'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati hokimi sog`lom yigit-qizlarga nogiron yoshlarni o`rnak qilib ko`rsatdi. 

Nogironligi bo`lishiga qaramasdan, o`zi mehnat qilib, boqimanda bo`lmasdan, o`ziga moslashtirilgan avtomobilda taksichilik qilib, qo`shimchasiga xizmatlar ko`rsatish sohasida ham kichik biznesini yo`lga qo`ygan fuqaro, kredit olib uylik bo`lishni istashini, kreditni o`z vaqtida to`lashga 100 foiz qurbi etishini aytib viloyat hokimiga murojaat qildi.

 Viloyat rahbari avvalo fuqaroga oilasi uchun harakat qilayotgan yigitga o`z tashakkurini bildirib, bu boshqa sog`lom yigit-qizlarga ham o`rnak bo`lishi kerakligini ta`kidlab, uy-joy olish masalasida kredit olish tartibi bo`yicha qonuniy echim asosida mas`ullarga kerakli topshiriqlarni berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar