AsosiyJamiyat
2741

Qattiq maishiy chiqindi tashish xizmatlar uchun to`lov narxlari oshirildi

'Qattiq maishiy chiqindi tashish xizmatlar uchun to`lov narxlari oshirildi'ning rasmi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi tashabbusi bilan qattiq maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish bo`yicha aholiga ko`rsatilgan xizmatlar uchun tasdiqlangan to`lov tariflari belgilandi.  

Bu “tegishli qarorlar ijrosini ta`minlash, sanitar tozalash korxonalari tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, yangi ish o`rinlarini yaratish maqsadida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholining daromadi va turmush darajasini inobatga holda amalga oshirildi.

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi tomonidan o`tkazilgan tahlillariga ko`ra, o`tgan davr mobaynida to`lov tariflariga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omillar, xususan, ish haqi 1,5 baravarga, avtotransport yoqilg`i-moylash mahsulotlari va ehtiyot qismlari qiymati hamda kommunal xizmatlar, jumladan, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suvi narxlari 2 baravarga, siqilgan tabiiy gaz narxi 4 baravarga, benzin 1,5 baravarga, dizel yoqilg`isi esa 2 baravarga oshgan. 

Biroq Respublikada qattiq maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish bo`yicha aholiga ko`rsatilgan xizmatlar uchun tasdiqlangan to`lov tariflari oxirgi 2-4 yil davomida qayta ko`rib chiqilmagan. Bu esa sanitar tozalash korxonalarining moliyaviy holatiga salbiy ta`sir ko`rsatib, ularning 2022-yil yakuni bo`yicha rentabellik darajasi keskin pasayib ketishiga olib kelgan.

Yangi ta`rifga ko`ra, Toshkent viloyatining jami 22 ta shahar va tumanlarida jismoniy shaxslar uchun 1 kishiga oylik 4400 so`m (yuridik shaxslar uchun 61 000 (68 320 QQS bilan) so`m) to`lov miqdori;

Samarqand shahri va Samarqand tumanida jismoniy shaxslar uchun 1 kishiga oylik 5000 so`m va yuridik shaxslar uchun 90 000 so`m (QQS bilan), viloyatning boshqa tumanlarida esa jismoniy shaxslar uchun 1 kishiga oylik 4129 so`m, yuridik shaxslar uchun 59 693 so`m (QQS bilan) to`lov miqdori;

Farg`ona viloyati shaharlarida jismoniy shaxslar uchun 1 kishiga oylik 5000 so`m va yuridik shaxslar uchun 48 000 (53 760 QQS bilan) so`m, tumanlarida esa jismoniy shaxslar uchun 1 kishiga oylik 4000 so`m va yuridik shaxslar uchun 48 000 (53 760 QQS bilan) so`m to`lov miqdori;

Andijon viloyatining jami 16 ta shahar va tumanida jismoniy shaxslar uchun 1 kishiga oylik 3500 so`m va yuridik shaxslar uchun esa 47 500 so`m (QQS bilan) to`lov miqdori belgilandi.

Ma`lumot uchun, respublikaning boshqa viloyatlarida ham qattiq maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish bo`yicha ko`rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to`lov tariflarini belgilashga doir chora-tadbirlar olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar