AsosiyJamiyat
1845

Toshkent metrosida erkak o`zini harakatlanib kelayotgan poezd tagiga tashladi

'Toshkent metrosida erkak o`zini harakatlanib kelayotgan poezd tagiga tashladi'ning rasmi

Toshkent metrosida erkak o`zini harakatlanib kelayotgan poezd tagiga tashladi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, voqea bugun, 28 noyabr kuni soat 14:58 da “Qo`yliq” bekatida sodir bo`lgan. Shu sababli Erusti halqa yo`li yo`nalishining bir tomoni vaqtincha harakatdan to`xtatilgan.

Metropoliten tomonidan taqdim etilgan xabarda erkakning ahvoli haqida ma`lumot berilmagan. 

Holat yuzasidan batafsil ma`lumot dastlabki surishtiruv ishlari yakuniga etgach ma`lum qilinadi, deyiladi rasmiy ma`lumotda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar