AsosiyJamiyat

Hojiboy Tojiboevning asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo`yildi

'Hojiboy Tojiboevning asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo`yildi'ning rasmi

 Badiiy so`z ustasi Hojiboy Tojiboevning merosxo`rlari huquqlarini himoya qilish maqsadida uning asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo`yildi. Bu haqda San`atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi xabar berdi.

 Endilikda uning asarlaridan foydalanishda mutlaq huquqlar “Milliy TV” telekanali va  “Oriat Dono” radiosi tomonidan lisenziya shartnomasi asosida amalga oshiriladigan bo`ldi. 

Barcha tele va radiokanallarni respublikamiz mualliflari, shuningdek, xorijiy muallif va ijrochilar huquqlarini buzmaslik uchun mualliflik huquqi egalari, jumladan, Palata bilan asarlardan foydalanish uchun lisenziya shartnomasi tuzishga chaqirilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar