AsosiyJamiyat
1442

Toshkentda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida ayanchli YTH sodir bo`ldi, jabrlanganlar bor

'Toshkentda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida ayanchli YTH sodir bo`ldi, jabrlanganlar bor'ning rasmi

Toshkentda "Mercedes-Benz" rusumli avtobus va yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, bugun, 29 noyabr kuni soat 06:50 larda, "4-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "Mercedes-Benz" rusumli, davlat raqami 01|128 FCA bo`lgan, 132-sonli yo`nalishda harakatlanayotgan haydovchi A.S boshqaruvidagi avtobus, Yangihayot tumani, Binokor ko`chasi bo`ylab Toshkent MFY tomonga harakatlanish uchun orqaga qayrilayotgan vaqtda, Binokor ko`chasining qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan «MAN» rusumli, davlat raqami 01|Q383 KA bo`lgan yuk avtomobili kelib urilgan. Dastabki ma`lumotga ko`ra, ushbu yo`l-transport hodisasi natijasida 3 nafar avtobus yo`lovchisi engil tan jarohati olgan, avtobus va yuk avtomobili texnik shikastlangan.

"Hozirda ushbu yo`l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligini ma`lum qilamiz", - "Toshshahartransxizmat" Axborot xizmati

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar