1

Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan BAAda bo`ladi

Siyosat 30.11.2023, 09:05
Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan BAAda bo`ladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30 noyabr – 2 dekabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o`zgarishi masalalari bo`yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubay shahrida bo`ladi.

Iqlim bo`yicha global sammitda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarining davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari qatnashadi.

Tadbir kun tartibidan BMTning Iqlim o`zgarishi to`g`risidagi hadli konvensiyasi asosiy qoidalarini amalga oshirish, bugungi ekologik tahdid va xatarlarga qarshi kurashish, “yashil” taraqqiyot maqsad va vazifalarini ilgari surishda keng hamkorlik masalalari o`rin olgan.

Davlatimiz rahbari sammitning yalpi sessiyasida nutq so`zlashi hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o`tkazishi kutilmoqda.

Ta`kidlash joizki, O`zbekiston Respublikasi BMTning Hadli konvensiyasiga 1993 yilda qo`shilgan, 2018 yilda mamlakatimiz Parij bitimi ishtirokchisi bo`ldi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1