AsosiyJamiyat

Respublikaning 8 ta hududida qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritmoqchi bo`lganlar qo`lga tushdi

'Respublikaning 8 ta hududida qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritmoqchi bo`lganlar qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar, Do`stlik, Karmana, Sergeli va Parkent tumani bo`limlari tomonidan bojxona boshqarmasi, IIB va soliq inspksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlarda 5 ta MChJa qarashli savdo do`konlarida hech qanday hujjatsiz qalbaki aksiz markali alkogol va aksiz markasiz ta`maki mahsulotlari sotuvga qo`yilganligi aniqlanib, ushbu savdo do`konlaridan 72 xil turdagi jami 19 722 dona qalbaki aksiz markali alkogol hamda 1 430 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda “Sh.O.” MChJga qarashli savdo do`koni sotuvchisi xaridorga “Shahrisabz” va “Zelyony gorod” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do`konidan 12 xil turdagi 2 111 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Departamentning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi, To`rtko`l tuman bo`limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, To`rtko`l tumanidagi “Miskin” YPX maskanida fuqaro J.X. boshqaruvidagi “YUTONG” rusumli avtobusda qalbaki aksiz markali 1 200 dona “Qaratau” nomli alkogol mahsulotini Samarqand viloyatida o`tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, J.X.ning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda fuqaro S.S.ning xonadonidan qo`lbola usulda tayyorlangan jami 1 356 dona “Qaratau”, “Aktau” va  “Russkaya vodka” nomli alkogol mahsuloti, 12 litr spirt, 450 dona qalbaki aksiz marka va boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar