Toshkent shahar hokimligining axborotiga ko`ra, poytaxtda joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 29 560,3 mlrd. so`mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha taqsimlanishi quyidagicha bo`ldi:
- binolar va inshootlar qurish yo`nalishi 68,8 % ulushni tashkil etib, 20 343,8 mlrd. so`mni
- fuqarolik obektlarini qurish yo`nalishi 15,7 % ulushni tashkil etib, 4 632,6 mlrd. so`mni
- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo`nalishi 15,5 % ulushni va 4 583,9 mlrd. so`mni tashkil etgan.
30.11.2023 18:11
Toshkent shahrida so`nggi 10 oyda salkam 30 mlrd so`mlik qurilish ishlari bajarilgan






