AsosiyJamiyat

"Yangi O`zbekiston" bog`idagi “Ajdodlar xotirasi” memorialiga aholi yaqinlashtirilmayotgani aytildi

'"Yangi O`zbekiston" bog`idagi “Ajdodlar xotirasi” memorialiga aholi yaqinlashtirilmayotgani aytildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi O`zbekiston” bog`idagi “Ajdodlar xotirasi” memorialiga o`tish yo`li to`silgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar hokimligi munosabat bildirdi

Ma`lum qilinishicha, “Yangi O`zbekiston” bog`ini eksplutatsiya qilish va saqlash direksiyasi qorovuli tomonidan go`yoki Bosh vazirning topshirig`iga asosan aholi “Ajdodlar xotirasi” memorialiga yaqinlashtirmasligi bo`yicha aytilgan gaplar hech qanday asosga ega emas va haqiqatga mutlaqo to`g`ri kelmaydi.

Ayni paytda hokimlik tomonidan videoda aks etgan xodimlar faoliyati ustidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotganini hamda shahar aholisi va mehmonlariga “Yangi O`zbekiston” bog`iga borish, undagi “Ajdodlar xotirasi” memorialiga yaqinlashish va uni tomosha qilishda hech qanday to`sqinliklar yo`qligi ma`lum qilindi.

"O`z navbatida, ayni paytda bog` hududida kirib kelayotgan yangi yilni munosib kutib olish, xalqimizga bayramni ko`tarinki ruhda nishonlashlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Yangi yil kompozisiyasini barpo etish ishlari boshlanganini bildiramiz.

Shuningdek, barcha savollar yuzasidan ishonchli va aniq ma`lumot olish uchun poytaxt hokimligi matbuot xizmatining 71 210-01-60 telefon raqamiga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o`tamiz", deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar