1

Shavkat Mirziyoev BMT konferensiyasida 140 nafar davlat rahbarlari orasida birinchilardan bo`lib nutq so`zlaydi

Siyosat 01.12.2023, 11:59
Shavkat Mirziyoev BMT konferensiyasida 140 nafar davlat rahbarlari orasida birinchilardan bo`lib nutq so`zlaydi

Avval xabar qilganmizdek, O`zbekistonPrezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30 noyabr – 2 dekabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o`zgarishi masalalari bo`yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubay shahrida bo`ladi.

Bugun, 1 dekabr kuni Bugun Shavkat Mirziyoev Dubay shahrida BMTning Iqlim o`zgarishi bo`yicha konferensiyasida nutq so`zlaydi.

Ma`ulm bo`lishicha, 140 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etayotgan konferensiyaning kun tartibiga ko`ra, O`zbekiston Prezidenti katta tadbirning kirish qismida, aniqrog`i BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Qatar kabi davlat rahbarlaridan keyin o`ninchi tartib raqami ostida chiqish qiladi. O`zbekistonga Markaziy Osiyo davlatlari ichidan birinchi bo`lib so`z berilgan.

 

Prezidentimiz o`z nutqida juda muhim va dolzarb masalalarga to`xtatilishi kutilmoqda!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1