1

Konsiler, plamper, stik: Yangi avlod kosmetika vositalari

SUG'DIYONA 04.11.2016, 15:54
Teglar: Ayol, Go`zallik
Konsiler, plamper, stik: Yangi avlod kosmetika vositalari

Go`zal va maftunkor ko`rinish uchun qo`l ostingizda bor-yo`g`i 3-4 ta pardoz vositasi bo`lsa bas. Qolgani mahoratga bog`liq. Qolaversa, hozirda pardoz vositalarning turlari juda ko`p. Keling, kosmetika olamiga yangi kirib kelgan vositalar bilan tanishamiz!

A
Antisern
Bu — terida yorug`likni aks ettiruvchi engil turdagi korrektor. Yuzdagi mayda ajin va dog`larni yashirish xususiyatiga ega. Pardozdan avval antisern tarkibli korrektorni yuzingizga engil surtsangiz, undagi mayda zarralar terida tabiiy rang ko`rinishini saqlab qoladi. Bunday korrektorlarning har qanday yuz terisi uchun mo`ljallangan turlari bor.

B
Bronzer
Issiq mavsum yaqinlashgani sayin terida quyoshda toblanganlik rangi urfga kira boshlaydi. Imkoniyatingiz bo`lsa-ku, tabiiy quyosh nuridan bahramand bo`lib, tanangizga engil toblanish rangini berishingiz mumkin. Agar bunga imkon topolmasangiz, bronzer yordamida ham teri rangini o`zgartirish mumkin. Boshqa «avtozagar» kremlar kabi u ham teriga engil toblanish xususiyatini beradi. Farqi shuki, uning natijasini 3-4 soat kutish shart emas. Surtilgan zahotiyoq teriga singib, kerakli natijani ko`rsatadi. Bronzer kremlarni bir kunda bir marta surtish kifoya. Iliq suv yordamida oson tozalanadi, terida hech qanday dog`lar qoldirmaydi. Undan vaziyatga qarab haftasiga 3-4 martagacha foydalanish mumkin.

G
Glitter
Bu quruq, uvalanuvchi, yaltiroq zarrachali upa. Uni yuz, ko`zlar, soch va badanga qo`llash mumkin. Glitter upasining kerakli rangini ta`bingizga ko`ra tanlaysiz. Yagona sharti undan foydalanishda asos sifatida quyuqroq kosmetik vositani surtishni unutmang. Deylik, ko`z qovoqlariga avval quyuq tendan surtib, so`ng ustki qismidan yaltiroq glitter sepiladi. Badan va elkaga tovlanuvchi rang berishda esa molochko yoki efir moylari bilan aralashtirish mumkin.

Gommaj
Xuddi skrab singari piling muolajasi uchun foydalaniladi. Ammo skrabga qaraganda teriga yumshoq va mayin ta`sir etadi. Gommaj tarkibida qattiq birikmalar bo`lmay, ANA-kislotalar miqdori biroz ko`proq bo`ladi. Shuning hisobiga u nafaqat normal yuz terisi, balki ta`sirchan, muammoli va teri yallig`lanishlariga moyil bo`lganlar uchun ham tavsiya etiladi. Gommaj-skrablardan bir haftada 1-2 martagacha foydalanish mumkin.

J
Jele
Tarkibida antioksidantlar, kollagen, S vitamini, protein va boshqa bir necha xil foydali elementlari bo`lgan mazkur vosita yuz terisiga krem singari surtiladi. Jele kremdan engilroq. Uning asosiy tarkibida yog`lar juda kam, suv va foydali elementlar esa ko`p. Jeledan foydalanishda kunduzgi yoki kechki parvarish uchun mo`ljallangani va yuzingiz terisining qanday turga mansub ekanligiga ko`ra keraklisini tanlang. Agar jele kechki parvarish uchun mo`ljallangan bo`lsa, yorlig`ida bir haftada necha martagacha foydalanish mumkinligi ko`rsatilgan bo`ladi.

K
Konsiler
Ko`z ostining qorayishi, ko`karishi yoki husnbuzar va qizarishlarni yashirib pardozlash uchun konsilerdan foydalanish mumkin. Uning tarkibidagi teri rangiga moslashuvchan birikmalar muammoli sohalarni xuddi teriga birikkandek qilib, bilintirmaydi. Konsiler tanlashda tonal kremingizning rangi bilan bir xil bo`lishi yoki undan biroz ochroq bo`lishiga ahamiyat bering. Unutmang: konsiler faqat ko`z ostiga surtiladi. Yuzga tonal krem sifatida qo`llash mumkin emas. Uni pardoz asosi sifatida surtib, so`ng tonal krem va upadan foydalaniladi.

L
Layner
Ko`zga chiziq tortish uchun ishlatiladigan quyuq podvodkalar shunday nomlanib, ular cho`tkacha yoki flomaster ko`rinishida bo`ladi. Layner yordamida ko`zga chiziq tortish oson va qulay. Muhimi, suvga chidamli bo`lib, bexosdan ko`zni ishqalab yuborsangiz ham surkalib ketmaydi.

Lyuminayzer
Bu juda ko`p miqdordagi yorug`likni aks ettiruvchi elementlardan tashkil topgan korrektor bo`lib, uning yordamida yuz ko`rinishini korreksiyalash mumkin. Lyuminayzer yonoqlarning yuqori sohasi, burunning yuz bilan tutashgan qismiga surtilib, yuz ko`rinishini tekis qilib ko`rsatadi. Uning tarkibidagi mayda zarralar yorug`lik bilan to`qnashganda o`zaro rang almashinuvi yuz berib, yuz ko`rishidagi ba`zi kamchiliklar bilinmaydi. Yuzingiz terisi oqish bo`lsa, shaftoli yoki pushti ranglilari, qoramtirroq yuz terisi uchun esa och jigarrang yoki bronza ranglari tavsiya etiladi.

P
Plamper
Suyuq lab bo`yog`iga o`xshash bu pardoz vositasi lablar ko`rinishini xiyol kattalashtirib ko`rsatish xususiyatiga ega. Bir marta surtganda natija o`rta hisobda 2-3 soatga etishi mumkin. Plamper tarkibida zanjabil (imbir), dolchin (korisa) va qizil qalampir kukuni bo`lib, labga surtilgan terida engil qizish seziladi. Natijada lablarda birozgina shish paydo bo`lib, kattalashgan ko`rinish yuzaga keladi. Plamperning lab uchun suyuq bo`yoq, balzam va krem kabi ko`rinishlari mavjud. 

S
Stik
Yuz terisi ko`rinishini me`yorlashtirish uchun lab bo`yog`i shaklidagi qalamcha bo`lib, muammoli sohalarni yashirish va tekislash uchun qo`llaniladi. Asos sifatida yuz parvarishi uchun mo`ljallangan kremlar ishlatilgani bois quruq yuz terisi uchun asqotadi. Agar yuzingiz yog`li bo`lsa, pardozdan avval asos kremi sifatida foydalanishingiz mumkin.

F
Fiksator
Pardozning mustahkamligini ta`minlash uchun qo`llaniladigan vosita. Yuz terisi uchun fiksatorlar sprey ko`rinishida ishlab chiqarilib, tugallangan pardozdan so`ng sepiladi. U yuz terisidagi yog` bezlariga singib, namlik, havo harorati ta`sirida pardoz dastlabki ko`rinishini yo`qotmaydi. Shuningdek, fiksatorlarning qosh va kipriklar uchun mo`ljallangan turlari ham bo`lib, rangsiz gel ko`rinishida bo`ladi. Bunday fiksatorlarni qoshga rang bergandan so`ng sepilsa, kipriklarga tush surtishdan avval qo`llaniladi.

X
Xaylayter
Yuz ko`rinishini tartibga keltirish, kamchiliklarni tekislash uchun pardozdan avvalgi asos sifatida ishlatiladi. Xaylayterlar asosi kremdan tashkil topgan upa yoki stik (qalamcha) ko`rinishida bo`ladi. Masalan, yonoqlar kattaroq ko`rinishi uchun xaylayter yordamida yonoqning suyak qismiga engil rang beriladi. Yoki xaylayter qoshning pastki qismiga surtilsa, qovoqlar kattalashgandek ko`rinadi.

Sh
Shimmer
Oqshom pardozi uchun ajoyib vosita. Odatda shimmerning yaltiroq ten, rumyana, uvalanuvchi upa ko`rinishlari bo`lib, ranglari ham turlicha. Qovoqlarga avval asosiy ten, so`ng yuqori qismiga shimmer surtiladi. Shuningdek, tonal kremdan so`ng yonoqlarning yuqori qismiga pardoz cho`tkasi yordamida surtiladi.

E
Eksfoliant
Muntazam upa va tonal kremlardan foydalanuvchilar uchun yuz terisini tozalashda beminnat dastyordir. Uning yordamida teri epidermisining tashqi qavati chuqur tozalanadi. Ko`rinishidan skrabga o`xshash bo`lsa-da, undan engilroq tuzilishga ega. Eksfoliant tuzilishga ega vositalarni bir haftada 2 marta qo`llash mumkin. U har qanday yuz terisi uchun ham mos keladi. Faqat o`ta ta`sirchan va allergiyaga moyilligi borlarga tavsiya etilmaydi. 

Emulsiya
Ko`rinishidan molochkaga o`xshash, ammo quyuqroq bo`ladi. Emulsiya tarkibli kremlarning kechqurungi namlantiruvchi va kunduzgi oziqlantiruvchi turlari bo`lib, har bir yuz terisi uchun alohida ko`rinishlari mavjud. Shuningdek, bunday tarkibli kremlarning ajinlar yozilishi va teri holati tiklanishi uchun ijobiy ta`siri bor. Mazkur turdagi kremlardan kun ora yoki vaziyatga ko`ra har kuni foydalanish mumkin.


Bilib qo`ygan yaxshi!
•  Bir marta ishlatilgan konsiler, lyuminayzer va xaylayter tuzilishli kosmetik vositalarni 3 oydan 6 oygacha saqlash mumkin.
•  Emulsiya tarkibli kremlarda pufaklar qanchalik mayda bo`lsa, teriga ta`sir etishi ham engil va mayin bo`ladi. 
•  Tonal krem xarid qilayotganda ozroq miqdorini qo`lingizga surtib ko`ring. Agar teri rangidan ajralib yoki undan to`qroq rangda bo`lsa, boshqa xilini tanglang.
•  Arzon narxli pardoz vositalari vaqtinchalik foydalanish uchun yaroqli bo`lsa-da, professional darajadagi talablarga javob bermaydi. Narxi biroz qimmat bo`lsa-da, natijasi ko`zga tashlanadiganlari va uzoqroq foydalanadiganlari esa hamyoningizning bo`shab qolganiga arziydi.

Kosmetolog Mahbuba MAMANOVA tavsiyalari asosida Dildora YuSUFBEKOVA tayyorladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1