Poytaxtda yo`nalishli transport vositalarining harakati uchun mo`ljallangan ("A" harfi chizilgan) tasmalarga sababsiz o`tib to`xtagan, harakatlangan, avtobuslarning harakatiga xalaqit bergan, qoldirib ketilgan transport vositalarini maxsus kameralar qayd etishni boshladi. Bu haqda IIV JXD YHXX Matbuot xizmati xabar berdi.
Yo`l harakati qoidalarining 128-moddasiga ko`ra, haydovchilar faqat ikkita holatda avtobuslar uchun maxsus ajratilgan yo`lakka kirishi mumkin. Yani, haydovchilarga o`ng tomonga burilmoqchi bo`lganda hamda yo`lovchilarni tushirmoqchi yoki chiqarmoqchi bo`lganda mazkur yo`llakka kirishga ruxsat beriladi.
Endilikda mazkur qoidani buzgan avtomobillarni yo`laklarning tepa qismlariga o`rnatilgan kameralar qayd etishni boshladi.
Qoidani buzganlarga nisbatan belgilangan tartibda jarima qo`llanilmoqda.
Eslatib o`tamiz, maxsus “A” yo`lakda harakatlanish BHMning 0,5 baravari (170 ming so`m), yo`lakda besabab to`xtab turish esa BHMning 2 baravari (680 ming so`m) jarima solishga sabab bo`ladi.






