AsosiyJamiyat

Qatag`on qilingan 170 nafardan ortiq shaxs oqladi

'Qatag`on qilingan 170 nafardan ortiq shaxs oqladi'ning rasmi

Bugun, 1 dekabr kuni O`zbekiston Oliy sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasi mustabid sovet tuzumi davrida qatag`on qurboni bo`lgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan 174 nafar shaxsga oid jinoyat ishini ko`rib chiqdi.

Kuni kecha Oliy sudga O`rta Osiyoda va Qozog`istondagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmalari Uchlik Kengashlarining maxsus yig`ilishi qarorlariga ko`ra, 1930-1931 yillarda hozirgi Surxondaryo, Buxoro, Samarqand va Qoraqalpog`iston Respublikasi hududlarida bosmachilik harakati a`zolari bo`la turib, qurolli to`da tuzib, sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qo`zg`olonlar hamda aksilinqilobiy bosmachilik harakatini amalga oshirganlikda ayblangan O`zbekiston SSR fuqarolari bo`lgan 174 nafar shaxsga oid 6 ta jinoyat ishi kelib tushib, ishchi guruh tomonidan o`rganildi.

Bosh prokuror o`rinbosari tomonidan yuqorida ko`rsatilgan jinoyat ishlari yuzasidan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atiga apellyasiya protestini berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomalar hamda apellyasiya tartibida protestlar keltirildi.

2023 yil 1 dekabr kuni ochiq sud majlislarida ushbu iltimosnomalar va protestlar ko`rib chiqilib, qanoatlantirildi xamda Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 6 ta jinoyat ishi bo`yicha 174 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari buyicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasining oqlov hukmlari chiqarildi.

    Boshqa yangiliklar