AsosiyJamiyat
9149

Toshkentda jinoiy guruhlarni qo`lga olish maqsadida reyd boshlandi

'Toshkentda jinoiy guruhlarni qo`lga olish maqsadida reyd boshlandi'ning rasmi

Toshkent shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo`yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o`tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi. 

“Poytaxt hududida jinoyatlarni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va fuqarolar xavfsizligini ta`minlash maqsadida IIV, Toshkent shahar IIBB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan kriminogen vaziyatni yaxshilash bo`yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o`tkazilayotganligini ma`lum qilamiz.

Hurmatli fuqarolar! Xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni so`raymiz. Barcha harakatlar shahrimizning tinchlik va osoyishtaligini ta`minlash maqsadida o`tkazilmoqda”, - deyiladi xabarda.


 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar